Maqsadlarimiz
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sanʼatni Rivojlantirish Jamgʻarmasi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga va O‘zbekiston madaniyatini xalqaro maydonda ommalashtirishga hissa qo‘shadi. Jamg‘arma milliy merosni targ‘ib qilgan holda, tasviriy sanʼat va arxitektura, adabiyot, teatr, musiqa va raqs sohalaridagi tashabbuslarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. Bizning missiyamiz — mamlakat madaniyat muassasalarida inklyuziv va ochiq muhit yaratish, muzeylarni yangilashga ko‘maklashish, madaniy homiylikni rivojlantirish va sanʼat hamda madaniyat sohasida professional tayyorgarlikni taʼminlashdir. Shuningdek, Jamg‘arma O‘zbekistonda bir qator yirik arxitektura loyihalarini boshladi: Davlat sanʼat muzeyi uchun yangi bino qurilishi, Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi tashkil etilishi, Respublika bolalar kutubxonasi va knyaz Romanov rezidensiyasining rekonstruksiyasi.